O’zbekiston Milliy kutubxonasida “1- iyun Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni”ga bag’ishlangan tadbirlar davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
30.05.2014
O’zbekiston Milliy kutubxonasida 1-iyun Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Baynalminal madaniyat markazi, Toshkent Davlat San'at va madaniyat instituti va «GLOBAL PEER EDUCATION» o‘quv markazi hamkorligida o’yinlar tanlovi bo’lib o’tdi.
.jpg)
Tadbirning birinchi qismida bolajonlar “Origami djaz” o’yinida rangli qog’ozlardan turli hayvonlarni yasashdi, “Qog‘ozli albom”, o’yinida rasmga tushirilgan sur’atlarni turli bezaklar bilan bezashdi,“Kartondan yasalgan sirk” o’yinida hayvonlar shakli tushirilgan rasmlarni bo’yoqlar bilan bo’yashdi, so’ngra, bolajonlar uchun “Devona komikslar laboratoriyasi”, “Kelinglar, Aybolitni o‘ynaymiz” kabi turli ko’ngil ochar o’yinlar tashkil etildi.
Shunindek, ota-onalar uchun maxsus treninglar o‘tkazildi. Bu treningda bolalarni yozgi ta’tilga qanday tayyorlash, yozni qanday rejalashtirish, yozgi ta'til paytida bolalarni va o‘zlarini turli xavfdan himoya qilish, bolalar oromgohida bolaning psixologik tayyorlash va boshqa ko‘plab ma’lumotlar berildi.
Ko’ngil ochar o’yinlardan so’ng bolajonlar uchun kutubxona kinomarkazida qiziqarli multfilmlar namoyish qilindi.