AKT bo‘yicha Markaziy Osiyo simpoziumi xorijlik qatnashchilarining O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi -
Bo`limga qaytish
29.05.2014
2014 yil 29 may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Toshkent shahrida 27-29 may kunlari Koreya ta'lim va ilmiy-tadqiqot axborot xizmati (KERIS, Koreya Respublikasi) moliyaviy ko‘magida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo davlatlarining ta'lim tizimida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi” mavzusida uchinchi YUNESKO simpoziumi qatnashchilari tashrif buyurishdi.
.jpg)
Delegatsiya tarkibiga Koreya Respublikasi ta'lim Vazirligi vakillari, rahbarlar, ta'limni rejalashtirish bo‘yicha ekspertlar, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Singapur, Filippin, Bangladesh, Polsha, Tojikiston, Qirg‘iziston, Avstraliya, Mongoliya davlatlaridan AKT bo‘yicha ekspertlar, shuningdek YUNESKO ekspertlari kirdilar.
Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari uchun Milliy kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi va kutubxonada joriy qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan tanishdilar. Qatnashchilar kutubxonaning yuqori darajadagi jihozlanishi, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilishi va kutubxonaning boy fondini alohida qayd qilishdi.
.jpg)
Asosan Milliy kutubxonaning birinchi qavatida joylashgan “Kitob muzeyi” va “Nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” o‘qish zalining nodir va alohida qimmatga ega nashrlari delegatsiya qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, Simpozium qatnashchilari kutubxonaning 5 qavatida joylashgan “Skanerlash va raqamlashtirish xizmati”ga tashrif buyurishdi. Ular turli formatlardagi bosma nashrlarni skanerlashning ixtisososlashtirilgan jihozlari va raqamlashtirilgan nashrlarning elektron versiyalari sifati bilan tanishishdi.
Tashrif so‘ngida delegatsiya a'zolari Milliy kutubxonaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.