Foydali resurslar
1-iyun Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni. Yurtimizda bayram munosabati bilan bolajonlar uchun va ularning ishtirokida turli tadbirlarni o‘tkazish yaxshi an'anaga aylanib qolgan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 30 may kuni bir qator tadbirlarni O‘zbekiston Baynalminal madaniy markazi, Toshkent davlat san'at va madaniyat instituti va «GLOBAL PEER EDUCATION» o‘quv markazi hamkorligida tashkil qilishni rejalashtirgan.
Tadbirlar ikki qismdan iborat:
Birinchi qismda (10:00-12:00) «GLOBAL PEER EDUCATION» o‘quv markazi ishtirokida qiziqarli va faol o‘yinlar, turli tanlovlar o‘tkaziladi. Tadbir murabbiylar bolajonlarga tanlovdan tashqari o‘yinlar taklif etadilar. Bunday o‘yinlar orqali bolalar - o‘z-o‘ziga ishonch, sabr, hurmat, halol o‘yin, jamoada ishlay olish, adolat tuyg‘usi kabi qadriyat va ko‘nikmalarni o‘rganadilar. “Origami djaz”, “Qog‘ozli albom”, “Kartondan yasalgan sirk”, “Devona komikslar laboratoriyasi”, “Kelinglar, Aybolitni o‘ynaymiz” kabi o‘yinlar bolalarda o‘z iste'dod, qobiliyat, qiziqishlarini ochish va mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, bu o‘yinlar bolalarda ijodkorlik, diqqat va xotirani rivojlantiradi.
Shunindek, dasturning birinchi qismida (10:00-12:00) ota-onalar uchun maxsus trening o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu treningda yozni qanday soz o‘tkazish, yozgi ta'til paytida bolani va o‘zingizni xavfdan himoya qilish, bolalar oromgohida bolaning psixologik himoya qilinganligi va boshqa ko‘plab masalalar ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchi qismda (14:00-16:00) quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: