Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
2014 yilning 27 may kuni Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlangan “Sapfir” cholg‘u ansamblining “Nasri Segoh” nomli musiqiy kechasi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


28.05.2014
Milliy kutubxonaning “Ijod” o‘quv zalida “Sog‘lom bola yili”ga bag‘ishlangan “Sapfir” cholg‘u ansamblining “Nasri Segoh” nomli musiqiy kechasi tashkil etildi. 
Kechada O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi bitiruvchisi, Milliy kutubxonaning doimiy foydalanuvchisi, bugungi kunda “Sapfir” cholg‘u ansamblining badiiy rahbari O‘rinboyev Fahriddin va “So‘g‘diyona” cholg‘u ansambli sozandasi Tolipov Izzatilla, Milliy kutubxona foydalanuvchilari va tashrif buyuruvchilar, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 
Kechani O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti muharriri, shoir Shukur Qurbon ochib berdi. Shoir 2014 yil “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizda  bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini takomillashtirish, 130 dan ortiq madaniyat va dam olish markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘n beshta yangi madaniyat va istirohat bog‘larini barpo etish, mavjud yigirma to‘qqizta istirohat bog‘larini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash rejalashtirilgani haqida ma'lumot berib o‘tdilar.
Kechaning badiiy qismida ansambl ishtirokchilari o‘zlari tayyorlab kelgan  rubob prima cholg‘usida Abdusaid Nabiyevning “Yumoreska”, qashqar rubobi va fortopianoda Odil Gerayning “Baxchakyurd”, “Nasri Segoh”, qonun cholg‘usida “Turkcha improvizatsiya”, domra (rus milliy cholg‘u asbobi)da G. Shenderevning “Konsert 3-qism” va  fortopianoda  esa Yanni Xresomalisning “So‘nggi lahzagacha” kabi musiqa hamda kuylarini yig‘ilganlarga ijro etdilar.
Uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Tadbir davomida  foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar