O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi a'zolari ishtirokida mushoira kechasi o‘tkazildi -
Bo`limga qaytish
23.05.2014
2014 yil 23 may kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasi a'zolari ishtirokida mushoira kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda A.Markaryan Sankt Peterburgga uyushtirilgan safari to‘g‘risidagi ma'ruzasi bilan qatnashdi. A.Markaryan shahar tarixi va adabiyoti to’g’risida uyushma a’zolariga gapirib berdi.
Uyushma a'zolari M.Agilovich, O.Georgevich, A.Chilyakova, I.Baxtiozilar o‘zlarining yozgan she'rlarini o‘qib eshittirishdi.
.jpg)
Tadbir davomida Kichik simfozium orkestri ijrosida kuy tinglandi hamda “Chol va dengiz” badiiy filmi namoish qilindi.
Ushbu tadbirda uyushma a'zolarining ijodiy yutuqlari va tajribalari bilan o‘zaro fikr almashdilar hamda uyushmaning yangi a'zolari bilan yaqindan tanishdilar.
.jpg)
Tadbir so‘ngida Danko adabiy-ijodiy uyushmasi a'zolari Markaryan Armanushni uyushmaga qo’shgan xissasi uchun o’z minnatdorchiligini bildirishdi.