Foydali resurslar
Joriy yilning 22––23 may kunlari Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Respublika “Kitob bayrami" ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «O‘zdavkitobsavdota’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
.jpg)
Tadbirda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 100 ga yaqin nashriyotlar, matbaa korxonalari, kitob savdosi tashkilotlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda Alisher Navoi nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida chop etilayotgan kitoblar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Yurtimizning shoir va yozuvchilaridan Miraziz A’zam, Nosir Muhammad, Mirpo’lat Mirzo, G’ulom Shomurod, Go’zal Begim, Zebo Omonova hamda Qambar Ota O’zbekiston Milliy kutubxonasining nashriyotiga o’z kitoblarini taqdim qilishdi.
.jpg)
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining ijodiy uchrashuvlari, «Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas», «Odamiylik kitobga bo‘lgan ehtiromdan boshlanadi», «Kitob – eng yaxshi sovg‘a» kabi mavzulardagi intellektual viktorinalar tashkil qilindi.
.jpg)
Bayramda kitob grafikasi va miniatyura janrida ijod qilayotgan yosh rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari uyushtirilib, «Namunaviy kitob do‘koni» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Bog‘ sahnasida taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilarning chiqishlari namoyish etildi, ijodkorlar o‘rtasida mushoiralar o‘tkazildi.
.jpg)
Bayramda kitob grafikasi va miniatyura janrida ijod qilayotgan yosh rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari uyushtirilib, «Namunaviy kitob do‘koni» respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
.jpg)