Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Respublika Ma'naviyat Targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “G‘oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyihasi doirasida tadbir bo’lib o’tdi - Bo`limga qaytish


22.05.2014
22 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “G’oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyiha doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ona yurtiga, o‘z xalqi tarixiga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini oshirish.  
Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy - amaliy markazi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligi, Xalq ta'limi Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasining mas'ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, o‘qituvchi va murabbiylar,  o‘quvchi va talaba - yoshlar qatnashdilar.
Tadbirda Milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasi hamda  Prezident  I. A. Karimovning “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”  kitoblari yuzasidan savol - javoblar  o’tkazildi. Millat tanlamas illat - giyohvandlikka qarshi nafrat, oila mustahkamligi, sog‘lom va obod turmush tarziga muhabbat g‘oyasi bilan sug‘orilgan “Qora ilon” yoki axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi “Begona” nomli badiiy filmlarning ijodkorlari, rol ijrochilari bilan uchrashuv hamda film namoyishi bo’lib o’tdi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar