Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil qilinadigan tadbirlar - Bo`limga qaytish


20.05.2014
21 maydan 1 iyungacha “Sevimli o‘yinchog‘ingni sovg‘a qil” Aksiyasini o‘tkazadi. Barcha hohlovchilar ishtirok etib, o‘z o‘yinchoqlarini bolajonlarga sovg‘a qilish uchun kutubxonaga olib kelishlari mumkin (o‘yinchoqlarni qabul qilish kutubxonaning 1 qavatidagi Bolalar xonasida soat 10.00 dan 17.00 gacha) 
 
26 maydan 1 iyungacha “Olam bolalar nigohida” nomli bolalar rasmlari ko‘rgazmasi namoyish etiladi (rasmlarni kutubxonaning 1 qavatidagi Bolalar xonasida 25 maygacha qoldirishlari mumkin)
 
 
26 maydan 1 iyungacha barcha  hohlovchilar “Beg‘ubor bolalik” nomli bolalar fotosuratlar tanlovida ishtirok etishlari  mumkin. Tanlov ikki nominatsiyada o‘tkaziladi:
Eng kulgili fotosurat
Tanidingmi, bu kim?
Fotosuratlar  xizmat rahbari A.Ibragimovaga topshiriladi. Aloqa uchun tel.: +99894 642-09-12
 
G‘oliblarni sovg‘alar kutmoqda!
 
30 may 14:00dan bolajonlar uchun kutubxona hovlisida qo‘g‘irchoq teatri va madaniyat markazlari ishtirokchilarining musiqiy dasturlari namoyish etiladi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar