Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


19.05.2014
12 - 16 maygacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 382 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 200 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 25 ta; ta'lim va madaniyat - 54 ta, badiiy adabiyotlar - 45 ta; texnika - 6 ta; adabiyotshunoslik - 2 ta; tabiiy fanlar - 7 ta; ma'lumot adabiyotlar - 2 ta; tilshunoslik - 25 ta; dinshunoslik - 25 ta )  182 ta avtoreferatlar (siyosat - 59 ta; tibbiyot - 31 ta; texnika - 37 ta; tabiiy fanlar - 21 ta; ta'lim va madaniyat - 21 ta; qishloq xo‘jaligi - 3 ta;  tilshunoslik - 10 ta; ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 3158 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 

1051 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.     

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 509800 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 12 - 16 may holatiga ko‘ra 68 nusxa gazeta; 13 nusxa jurnal; jami 560 bibliografik yozuv kiritildi.  

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 36 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 22 ta va bolalar adabiyoti uchun 14 ta) berildi. 22 ta kattalar adabiyoti  va 14 ta bolalar adabiyoti uchun 16 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2 ISSN raqami berildi. 74 ta davriy nashrga 2014 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar