Foydali resurslar
14 may kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining kichik Majlislar zalida “Oila” ilmiy amaliy markazi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda “Butunjahon oila kuni” munosabati bilan “Huquqiy madaniyatli oila-fuqarolik jamiyatining tayanchi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
.jpg)
Oila — bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Qadimdan millatimizda oilani muqaddas bilish, ota-onani hurmat qilish, o‘z navbatida ota-ona ham farzandiga to‘g‘ri tarbiya berishi, ularni har tomonlama mukammal qilib o‘stirish farzga aylangan.
.jpg)
Anjumanning kirish qismini “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori H. Mamadaliyeva va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev ochib berdi.
Mazkur anjumanda so’zga chiqqanlar yoshlar va aholining huquqiy madaniyati, shuningdek kishilar huquqiy ongini yuksaltirishning asosiy jihatlari, o’zligini anglashda oila muhim ahamiyat kasb etishi xususida hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda huquqiy tarbiya va ta’lim tizimini takomillashtirish borasida so’z yuritdilar. Anjumanda shahar mahalla fuqarolar yig’ini raislari, maslahatchilari, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman savol-javob va bahs-munozara tarzida o’tkazildi. Tadbir so’ngida Milliy kutubxonada Oila burchagini tashkil etish takliflari berildi.
.jpg)
.jpg)