Foydali resurslar
18 avgust kuni Lion shahridagi Kongress markazida kutubxonachilarning хalqaro forumi o‘z ishini davom ettirdi.
Anjuman axborot-kutubxona faoliyatining 29 ta yo‘nalishi bo‘yicha umumiy kengash va sektsiya majlislarida o‘z ishini davom ettirdi.
IFLA Prezidentining umumiy yig‘ilishdagi chiqishi qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va Kongress uchun maxsus tayyorlangan Lion deklaratsiyasi bilan hammaga ibrat bo‘ldi. Sessiya uchun 5 ta ma’ruza tayyorlangan bo‘lib, birinchi ma’ruza kitobxon (foydalanuvchi)ning axborotdan foydalana olish savodxonligi va qanchalik chuqur bilimga egaligiga, ommaning axborot savodxonligini oshirishda kutubxonalarning o‘rni, yangi texnologiyalar va o‘sish tendentsiyalariga bag‘ishlandi.
17 avgust kuni Lion shahridagi Kongress markazida (Convention Centre) IFLA Kongressining 80-chi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi (IFLA) ning 80 Bosh Konferensiya va Assambleyasi g‘oyalar bilan almashinish, tajriba almashish, yangi axborot texnologiyalarini muhokama qilish va kutubxona ishida erishilgan muvaffaqiyatlarni namoyish qilish uchun butun dunyodan mutaxassislarni bir erga jamlaydi. Konferensiya ishi kunlari axborot-kutubxona texnologiyalarining eng so‘nggi ishlanmalari hamda bosma va elektron shakldagi eng yangi nashrlarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 23 yillik bayramini “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 7 avgustdagi № 600-f sonli farmoyishi talablarini ta’minlash maqsadida joriy yilning avgust oyi tozalik oyligi deb e’lon qilindi va 16-17 avgust kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
15 avgust kuni A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” zalida shoir Avaz O‘tar o‘g‘li tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda filologiya fanlari doktori Tozagul Matyoqubova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab va kutubxona nashriyoti bosh muharriri Shukur Qurbonlar ma’rifat so‘zining ma’nosi bilim, fan, ma’lumot olish, tanishish degani, Avaz O‘tarni biz ma’rifatparvar shoir deyishimiz avvalo u shoirning ma’rifat haqida o‘ylagani, va uni tarqatish bo‘yicha qilgan ishlarini, ijodini yaqindan o‘rganishimiz kerak deb o‘z fikrlarni bayon ettdilar.
13 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida Vatanimiz Mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan “Yagonasan Mustaqil Vatan!” nomli davra – suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kutubxona fondida saqlanayotgan mazmun va mohiyati jihatidan teran, rejissurasi diqqatga molik bo‘lgan “Mustaqillik arafasida” xujjatli film namoyishi anjuman qatnashchilarida o‘ziga xos taassurot uyg‘otdi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Pedagogika institutlari Axborot-resurs markazlarining foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni ta’minlash holati va zamonaviy rivojlantirish tendentsiyalari” mavzusida seminar–trening tashkil qilindi. Seminarda respublikada faoliyat yuritayotgan pedagogika institutlarining axborot-resurs markazlari mutaxassislari ishtirok etishdi.