Foydali resurslar
2-5 sentyabr kunlari soat 10:00–17:00 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yangi o‘quv yili boshlanish munosabati bilan “Ochiq eshiklar haftaligi” tashkil etiladi. Unda quydagi tadbirlar amalga oshiriladi:
kutubxona bo‘ylab tanishuv sayyohatlari;
kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan (elektron, alfavit va sistemali) foydalanish tartibi;
kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, WEB-AAKT da ishlash ko‘nikmasi;
onlayn xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi imkoniyatlari va ulardan foydalanish;
yangi a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar uchun lotereyalar;
“Kamolot” YoIH vakillari bilan uchrashuv;
kutubxona Kinomarkazining oltin fondidan o‘rin olgan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi.
25 – 29 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 190 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 125 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: ta’lim va madaniyat – 121 nusxa, ijtimoiy fanlar – 4 nusxa) 69 ta avtoreferatlar (siyosat - 7 nusxa; tibbiyot – 12 nusxa; texnika – 5 nusxa; san’at – 1 nusxa; tabiiy fanlar - 17 nusxa; ijtimoiy fanlar - 25 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
4604 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
2014 yil 29 avgust Tozalik kuni dеb e’lon qilinadi va ushbu kun Milliy kutubxona foydalanuvchilarga soat 14.00 dan xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligi hamda «Bilimlar kuni» munosabati bilan 2 dan 22 sentyabrga qadar Milliy kutubxona muzeyida buyuk mutaffakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning ijodiga bag‘ishlangan nodir va tarixiy adabiyotlar namoyish etilmoqda. Muzeydagi kitoblar XVIII asr o‘rtalari va XXI asr boshlariga oid bo‘lib, qo‘lyozma, toshbosma va zamonaviy usullarda ishlangan. Alisher Navoiyning qo‘lyozma va toshbosma asarlari asosan O‘zbekistonda o‘tgan asrlarda yaratilgan kitoblardir. Zamonaviy nashrdagi kitoblarning bir qismi jahonga mashhur O‘zbekiston va G‘arb olimlarining Alisher Navoiy ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy asarlaridan tashkil topgan.
Millat, Vatan xalq istiqboli degan muqaddas tushunchalar hamma vaqt qalbimizning turidan joy olib, har birimizning hayotimizda, ongimizda charx urib turishi darkor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu fikrlari hayotimizning har bir jabxasi uchun bevosita aloqadordir. Shuningdek, bugungi kunlarimiz tadbirlari, muhim anjumanlari va bayramlariga ham. Chunonchi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida 28 avgust kuni Qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan “O‘tganlar yodi bu...” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
18 - 22 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 182 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
182 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: tibbiyot - 13 nusxa, badiiy adabiyot – 28 nusxa, texnika – 12 nusxa, san’at – 2 nusxa, ta’lim va madaniyat – 27 nusxa, tabiiy fanlar – 26 nusxa, sport – 14 nusxa, adabiyotshunoslik – 4 nusxa, tilshunoslik – 8 nusxa, dinshunoslik – 4 nusxa, ijtimoiy fanlar – 42 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.