Osiyo va Tinch okeani hududida YUNESKO mintaqaviy vakolatxonasi boshlig’i janob Xubert Gizenning O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi. -
Bo`limga qaytish
14.05.2014
2014 yilning 14 may kuni Osiyo va Tinch okeani hududida YUNESKO mintaqaviy vakolatxonasi boshlig’i janob Xubert Gizen Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida janob Xubert Gizenga O’zbekistondagi YUNESKO ishlari boyicha milliy komissiya mas’ul kotibi Alisher Ikromov va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi raisi Krista Pikkat hamroxlik qilishdi.

Tashrif doirasida delagatsiya a'zolariga Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi va kutubxonaning kundalik hayotiga tatbiq etilgan zamonaviy axborot - kutubxona texnologiyalari bilan tanishtirildi.

Kutubxonaning birinchi qavatida mehmonlar, bolalar xonasi va kitobxonlarni ro’yhatga olish hizmati bilan tanishdilar va Janob Xubert Gizen va Pikkat xonim kitobxon sifatida kutubxonaga a’zo bo’ldilar. So’ngra delegatsiya a’zolari O’zbekiston Milliy kutubxonasining noyob durdonalari hisoblangan nodir va qo’lyozma asarlari fondi bilan tanishdilar. Janob Xubert Gizen Milliy kutubxonaning madaniy yodgorliklarni saqlash ishlarini yuqori baholadi, hamda nodir asarlar kolleksiyasidan hayratga tushdi va “Bu tashrif haqiqatdan ham O’zbekiston Milliy kutubxonasining boy kolleksiyasida o’z aksini topgan jahon tarixi va ilm-fani manbalariga ajoyib sayohat bo’ldi” - deya ta’kidladi.

Janob Xubert Gizen Milliy kutubxonani tark etar ekan u tashrif buyuruvchi mehmonlar kitobiga o`z ta`surotlarini yozib qoldirdi.