Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O’zbekiston Milliy kutubxonasida iste'dodli shoir va jamoat arbobi Botu (Mahmud Hodiyev) tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan kitob - rasmli ko‘rgazma va ijodiy uchrashuv - Bo`limga qaytish


15.05.2014

15 may kuni  O’zbekiston Milliy kutubxonasining Kichik majlislar zalida iste'dodli shoir va jamoat arbobi Botu (Mahmud Hodiyev) tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan kitob - rasmli ko‘rgazma va ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Botu iste'dodli shoir va jamoat arbobi edi. Botu - Mahmud Maqsudovich Hodiyev 1904 yilda Toshkentning Qaldirg‘och mahallasida, mahsido‘z - oilasida tug‘ilgan.

Botuning sh’erlari badiiy jihatdan mukammalligi, o’rtaga tashlangan fikrning haqqoniyligi, obrazliligi bilan o’sha davr o’zbek she’riyatida alohida ajralib turadi. Unda erk, ozodlik, tushovlangan muhitda yashayotgan o’zbek kishisining xarakterli kechinmalari haqqoniy tasvirlangan.     
Uning «Hayit harom bo‘ldi», «Tursun»  kabi hikoyalarida eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurash, ziddiyat o‘z  ifodasini topgan. «Umid uchqunlari», «To‘lqinlarim»  kabi to‘plamlaridagi she'rlarida yosh shoirning samimiy va hayajonli tuyg‘ulari ifoda etilgan. Eng muhimi, uning she'rlarida porloq kelajak sari intilish bosh mavzu darajasiga ko‘tarilgan. Shu jihatdan shoirning «Qo‘zg‘olish», «Isyon», «Bizning tovush», «U kun» kabi o‘nlab she'rlari e'tiborga sazovordir.

Ushbu ijodiy uchrashuvda filologiya fanlari doktori Naim Karimov, Botu Mahmud Hodiyevning qizi Naima Hodiyeva, nevarasi O’ktam Umarov, jiyani Xammadjon Hodiyev va  Shukur Qurbonlar  ishtirok etishdi. 
So’zga chiqqan mehmonlar  Botuning hayoti va bebaho ijod durdonalari,  o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi to‘g‘risida  gapirib berdilar.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar