Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
05.09.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi davom etmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ochiq eshiklar” haftaligining 3-kuni har doimgidan ham tashrif buyuruvchilar bilan gavjum.
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xarbiy tibbiyot fakulteti va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetlaridan kelgan jami 253 nafar talabala Milliy kutubxona kechasi va buguni haqida ma’lumot beruvchi videolavhani, kutubxona muzeyidan o‘rin olgan noyob eksponatlarni tomosha qildilar. Ayniqsa, foyeda o‘rnatilgan info-kiosk bilimga chanqoq  yoshlarning e’tiborini jalb qildi.

04.09.2014 2014 yil 4 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekiston XDP Yoshlar qanotining “Yosh siyosatchi-2014” respublika tanlovi o‘tkazildi

2014 yil 4 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida  “Men Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishni xohlayman!” shiori ostida O‘zbekiston XDP Yoshlar qanotining  “Yosh siyosatchi-2014” respublika tanlovining yakunlovchi bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va uning “Istiqbol” Yoshlar qanoti tomonidan tashkil etilgangan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida yoshlarning bilim darajasini yuksaltirish, ularda mamlakatimizda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlarga nisbatan dahldorlik hissini kuchaytirishdir.

04.09.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi davom etmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etlgan “Ochiq eshiklar” haftaliging 2-kuni mehmonlarga va  qiziqarli taassurotlarga boy o‘tdi.

“Ochiq eshiklar” haftaligida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti, Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti, Toshkent Moliya instituti va Gubkin nomli neft va gaz universiteti talabalari Milliy kutubxona xizmat ko‘rsatishdagi keng imkoniyatlari bilan tanishdilar va kutubxona bo‘ylab tanishuv sayohatini amalga oshirdilar.

03.09.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2 sentyabrdan 5 sentyabrga qadar “Ochiq eshiklar haftaligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2 sentyabr - “Bilimlar kuni”da kutubxona foydalanuvchilari va mehmonlar tashrifi har kungidan ortib ketdi.
Ushbu haftalikni tashkil qilishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Milliy kutubxonasining foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi keng imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘lib, unda kutubxona bo‘ylab tanishuv sayyohatlari, kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan (elektron, alfavit va sistemali) foydalanish tartibi, kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, WEB-AAKT da ishlash ko‘nikmasi, onlayn xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi imkoniyatlari va ulardan foydalanish, yangi a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar uchun lotoreyalar hamda kutubxona Kinomarkazining oltin fondidan o‘rin olgan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi kabi tadbirlar o‘rin olgan.

02.09.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 85679 ta foydalanuvchi o‘tgan

2014 yilning август oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 773
Shulardan:         
Erkak 408    
Ayol 365
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba174    
O‘quvchi 149    
Abituriyent 116

02.09.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil avgust oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar  - 773   (jami – 85 674)
Qatnovlar – 31 203
Kitob berilishi  - 415175
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  - 5, qatnashganlar soni  - 610
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  - 19, avtoreferatlar  - 88, jurnallar  - 107, gazetalar  - 1022, CD-ROM - 1.  Jami - 1237
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi -  266
Xalqaro standart raqami ISBN qo‘yildi  - 347


Oldin   83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar