Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


08.05.2014
Joriy yilning 5 maydan - 8 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 200 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 15 nusxa; ta'lim va madaniyat - 31 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa ; tabiiy fanlar - 22 nusxa;  san'at - 6 nusxa;  tibbiyot - 31 nusxa ; badiiy adabiyot - 1 nusxa ; texnika - 30 nusxa ; sport - 4 nusxa ; ijtimoiy fanlar - 44 nusxa ; tilshunoslik - 13 nusxa )   texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni  85 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi. 

Shu kungacha kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati 1051  ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirib, bibliografik tavsifini berdi.     
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 508750 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 5 - 8 may holatiga ko‘ra 73 nusxa gazeta; 7 nusxa jurnal; jami 476 bibliografik yozuv kiritildi.  193 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 134 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 121 ta va bolalar adabiyoti uchun 13 ta) berildi. 130 ta kattalar adabiyoti  va 13 ta bolalar adabiyoti uchun 27 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 43 ta davriy nashrga 2014 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar