Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Xotira abadiy - qadr muqaddas” nomli xotira kechasi - Bo`limga qaytish


08.05.2014
Mamlakatimiz islohotlarida ham yoshlarimiz ongida madaniy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan birga nuroniylarni, millatimiz jonkuyarlarini e’zozlash, ularning holidan xabar olish va g’amxo’rlik ko’rsatish kabi go’yalarni singdirish yetakchi o’rindadir. Qalbida ma’naviy barkamollik, millatga xurmat tuyg’usi bor har bir inson millat tarixi, ma’naviy qadriyatlarini chuqur anglaydi va ajdodlarning millat va yurtning porloq kelajagi uchun ko’rsatgan jasoratlarini qadriga yetadi. Zero, tarixiy xotira bilan yashash, ajdodlarga ehtirom ko’rsatish insoniylik fazilatlari ichida eng ulug’idir.
O’zbekiston Milliy kutubxonasining  kichik majlislar zalida 7-may kuni “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira abadiy - qadr muqaddas” 
shiori ostida uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda shoir Shukur Qurbon, Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti o’qituvchilari O.Ohunova, T.Yusupova, G.Eshjonova, Toshkent Arxitektura- qurilish instituti o’qituvchisi E.Qosimov hamda  “Iqtidor” yoshlar klubining a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o’z ijod namunalari bilan tadbirga yig’ilganlarni qutlashdi va xalq, millat, ota-bobolarimiz ko’rsatgan jasoratlari, bag’rikengliklari xotirasi bilangina tinch va osuda hayotimiz, ertangi kunga bo’lgan ishonch, baxtli hayot uchun dillarda jo’shqinlik va shijoat tuyg’ulari to’grisida gapirib berishdi. Tadbirda doirasida kitob-rasmli ko'rgazma tashkil qilindi va so’ngida “Xotira - muqaddas” filmi namoyish etildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar