Respublika Ma'naviyat Targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “G‘oyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi -
Bo`limga qaytish
05.05.2014
3 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Bizning g‘oyalarimiz-bizning himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy loyiha doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi: Har qanday davlatning istiqboli o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamolligiga bog‘liq. Barkamol avlod ikkita kuchga tayanadi. Bular aqlan va jismonan sog‘lomlikdir. Bu esa o‘z navbatida ta'lim-tarbiyaning samarasi bilan belgilanadi. Iqtidorli avlod bilimga, nutq mahoratiga ega, o‘z fikrini mustaqil bayon qila oladilar. Bu borada oila, maktab, mahalla sog‘lom avlod bo‘g‘inidir.
.jpg)
Tadbir ikkita loyiha asosida olib borildi.
1-loyihada boshlovchi Milliy g‘oya va mafkurani omma ongiga yanada singdirish va ularning intellektual salohiyatini takomillashtirish maqsadida tomoshabinlar o‘rtasida mavzular bo‘yicha savol-javob o‘tkazdi. Ogohlik va hushyorlikka da'vat ruhidagi videolavhalar namoyish etildi.
2-loyihada "Iqtidor" intellektual klubi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazdi. Loyihaning maqsadi yangi tajriba va usullarni targ‘ib qilishdir. Mehnat jamoalari va ta'lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan faol qatnashuvchilar rag‘batlantirildi.
Tadbir davomida “Qora ilon”, “Tubanlik” kabi badiiy filmlar namoyish qilindi. Faol ishtirokchilarga estalik sovg‘alari taqdim qilindi.