O`zbekiston Milliy kutubxonasida O’zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, dramaturg Hamid G‘ulom tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi -
Bo`limga qaytish
03.05.2014
2 may kuni “O’zbekiston” o’quv zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, yozuvchi, dramaturg Hamid G‘ulom tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Hamid G’ulom to’liq ismi (Hamidov G’ulom Ubaydullayevich) 1919 yilning 25 aprelida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika va Davlat mukofotlari sovrindori Hamid G‘ulom yetuk shoir, nosir va dramaturgdir.
U vatanparvarlik, dushmanga nafrat ruhi ifodalangan «Qasosim bor», «Katerina» , «Ukraina yellari» kabi she’r va balladalarini urush yillarida yaratgan.Adib asarlari qirqdan ortiq jahon xalqlari tillarida nashr etilgan. Birgina «Mangulik» romani xitoy tilida yarim million nusxada chop etilgan.
Shuningdek, H. G‘ulom A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, V. Shekspir, T. Shevchenko, Lope de Vega kabi yozuvchilarning asarlarini ham o‘zbek kitobxonlari va tomoshabinlariga o‘z tarjimasida tortiq etgan. Uning «Farg‘ona hikoyasi», «Toshbolta oshiq», «O‘g‘il uylantirish», «Ajab savdolar» kabi zamonaviy mavzularda yaratilgan komediyalari respublika teatrlarida namoyish qilinib, tomoshabinlar hurmatiga sazovor bo‘lgan. 1998 yili «El-yurt hurmati» va 2004 yili «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan mukofotlangan.
Ko’rgazmada shoir Shukur Qurbon kitobxonlarga Hamid G’ulomning shaxsiyati, tashkilotchiligi, yosh ijodkorlarga g’amxo’rligi, shuningdek, uning qalamiga mansub mashxur «Toshbolta oshiq» musiqiy dramasi haqida gapirib berdi. Hamid G’ulom to’g’risidagi kitoblar, yozuvchi xususida ma`lumotlar namoyish etildi. Tashrif buyurganlar Hamid G’ulomning respublikamizda chop etilgan adabiyotlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.