Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida - “Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari - Central Asia-2014” 8-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. - Bo`limga qaytish


29.04.2014
23-25 aprel kunlari Qarshi shahrida - “Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari - Central Asia-2014” 8-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Kanada kabi mamlakatlardan 305 nafar soha vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishdi.
 
Anjumanning birinchi kunida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi raisi K.Pikkat, AQSH Kongressining yuridik kutubxonasi direktori D.Mao, Rossiyaning B. N. Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi bo‘lim boshlig‘i A.Zaytsev, Germaniya kutubxonachilik assotsiyatsiyasi raisi F.Redis, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi xizmati rahbari B.Shaymerdenova, Rossiya fanlar akademiyasi Davlat ommaviy ilmiy-texnikaviy kutubxonasi Sibir filiali direktori, B.Yelepov, AQSH davlat departamenti Axborot resurslari bo‘yicha mutaxassisi V.Li, Germaniya kutubxonachilik assotsiyatsiyasi rahbari V.Steyer, Exlibris menedjer firmasi vakili S.Dotsenko, Zoychel kompaniyasi vakili M.Lyutgen ma'ruza qildilar. So‘zga chiqqanlar mazkur xalqaro konferensiya axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlarning turli sohalarda elektron axborot resurslarini rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha amaliy hamda samarali hamkorlik borasidagi faoliyatini kuchaytirishga, bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga ko‘maklashishini ta'kidlashdi. 
Anjumanning ikkinchi kunida konferensiya ishtirokchilari o‘z faoliyatini maxsus 4 ta sektsiya doirasida davom ettirdilar va ularda maxsus ishtirokchilarning ma'ruzalari tinglandi: 
 
1-sektsiyada “Axborot - kutubxona faoliyatining qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi, mualliflik huquqi va intelektual mulk yo‘nalishlari”; 
2-sektsiyada Axborot-kutubxona faoliyatining fan va texnika taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyati”;
3-sektsiyada “Axborot - kutubxona resurslari ta'limda. Axborot - resurs markazlarining vazifalari”;
4-sektsiyada Madaniyat va san'at sohasida yagona axborot makoni. Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyot, arxiv va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi” yo‘nalishidagi ma'ruzalari tinglandi. 
 
Konferensiya doirasida “Axborot-kutubxona muassasalarida bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning yangi yo‘nalishlari” va «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida» gi Qonunni amalga oshirish: ustivor vazifalar» mavzusida davra suxbatlari hamda “Nodir nashrlarni saqlash, konservatsiya va restavratsiya ishlari” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi va "BePro" dasturchilar markazining "Kadata 3.0. avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi" yangi dasturiy maxsuloti taqdimoti tashkil qilindi.
 
25 aprel kuni anjuman qatnashchilari Qashqadaryo viloyati Kitob shahridagi 4 maktab va Kitob kompyuter texnologiyalari akademik litseyi axborot-resurs markazining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. So‘ng maxsus madaniy dasturga ko‘ra mahalliy hamda xorijiy ishtirokchilarga Shaxrisabz shahriga ekskursiya uyushtirildi. Sayohatda shaharning diqqatga sazovor bo‘lgan joylari, tarixiy obidalari, yodgorliklari horijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 
 
Bugungi globallashuv sharoitida har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta'lim va madaniyat rivojida turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati muhim o‘rin tutadi. Kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, ular ishida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bu jarayonda alohida ahamiyatga ega. Xalqaro konferensiyada ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar