Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
23.09.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti UZ milliy domeni Internet-festivali laureati

2014 yil 22 sentyabr kuni Yoshlar ijodiyoti saroyida “Best Soft Uzbekistan 2014” dasturiy maxsulotlarning  UZ milliy domeni internet-festivali  bo‘lib o‘tdi.
Bu yirik festival sakkizinchi marta Markaziy Osiyo mintaqasida axborot texnologiyalari sohasida  o‘tkazilmoqda. Uning maqsadi keng omma va mutaxassislarni mamlakatimizdagi axborot texnologiyalari sohasidagi dasturiy ta'minot loyihalarni yaratish, ularni targ‘ib qilish va milliy kompyuter texnologiyalari sanoatini rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirishdan iborat.

22.09.2014 Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

15 – 19 sentyabr Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 239 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 227 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: ta’lim va madaniyat – 126 nusxa, ijtimoiy fanlar – 32 nusxa; tibbiyot – 3 nusxa; texnika – 4 nusxa; dinshunoslik – 5 nusxa; san’at – 3 nusxa; tabiiy fanlar – 11 nusxa; ma’lumot adabiyotlari – 5 nusxa; tilshunoslik – 19 nusxa; sport – 3 nusxa; adabiyotshunoslik – 16 nusxa) 12 ta avtoreferatlar (tibbiyot – 6 nusxa; texnika – 2 nusxa; tabiiy fanlar - 1 nusxa; ijtimoiy fanlar - 1 nusxa; q./x. – 1 nusxa; ta’lim madaniyat – 1 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

19.09.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbek jang san'ati” kitobining taqdimoti.

2014 yil 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida “O‘zbek jang san'ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, “Oltin meros” hayriya jamg‘armasi, OAV vakillari, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya  va Toshkent  avtomobil yo‘llari institutlari talaba va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
 

17.09.2014 Ummon sultonligi Milliy Devonxonasi va arxivi raisi Dr. Hamad Al Davani va Ummon sultonligining O‘zbekistondagi favqulotdagi va muxtor elchisi Muxammad ibn Said ibn Muhammad Al Lavatining O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi

2014 yil 17 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Ummon sultonligi  Milliy Devonxonasi va arxivi raisi  Dr. Hamad Al Davani va Ummon sultonligining  O‘zbekistondagi favqulotdagi  va muxtor elchisi Muxammad ibn Said ibn Muhammad Al Lavatilar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlarni Milliy kutubxona bilan yaqindan tanishtrish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

16.09.2014 2014 yil 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rassom Asliddin Kalonov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Milliy kutubxonaning kichik majlislar zalida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi  ijodkorlar uyushmasi a'zosi, grafik-rassom Asliddin Kalonov bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvda O‘DK (o‘quv davolash kolleji) va Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan avval tomoshabinlar rassom va uning shogirdlari mo'yqalamiga mansub ko'rgazmani tomosha qildilar

16.09.2014 2014 yil 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Baxovuddin Naqshbandiy hayoti va tariqatiga bag‘ishlangan suratli kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

«Har kim o‘zgalarni xohlasa, o‘zini xohlabdi, kimki o‘zini xohlabdi, bilsinki, o‘zini xohlamabdi» degan edilar hazrat Bahovuddin Naqshbandiy. Shu satlardayoq hazrat Bahovuddin Naqshbandiyning buyuk zehni, zakovati va salohiyatini his qilmoq qiyin emas.

 U qalblar naqqoshi bo‘lgan, ya'ni Olloh naqshini o‘z muridlarining qalblarida ma'naviy jihatdan naqsh qilib qoldirgan, shuning uchun ham “naqshband” deb atalgan.


Oldin   81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar