“Central Asia-2014” VIII - Xalqaro anjumanda “Axborot-kutubxona muassasalarida bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning yangi yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
24.04.2014
Moskva viloyati davlat bolalar kutubxonasi, Karaganda viloyati o‘smirlar kutubxonasi, Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Respublika axborot-resurs markazi mutaxassis vakillari “Hozirgi sharoitda axborot - kutubxona muassasalarida bolalar mutolaasi muammolari, bolalar bilan ishlashda ularni o‘qishga qiziqtirishning yangi ijtimoiy - madaniy yo‘nalishlari, mutolaa madaniyati har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning faktori sifatida, mutolaa madaniyatini shakllantirishda axborot - kutubxona muassasalari faoliyati” to‘g‘risida savol-javob va ma'ruzalar muxokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yuta Universiteti Mariotta kutubxonasi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ARM rahbar va xodimlari, muzey va arxiv xodimlari, nodir nashrlarga ega barcha tashkilotlar uchun “Alohida qimmatga ega nashrlar va qo‘lyozmalarni saqlash, konservatsiya va restavratsiya”si masalalari bo‘yicha yakuniy semenar-treningi bo’lib o’ti. Bunda ishtirokchilar ish faoliyatida joriy etish mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. “BePro” dasturchilar markazi Rustamova Oydin Nig‘monxodjayevna “KaDaTa 3.0. Avtomatlashtirilgan axborot - kutubxona tizimi” yangi dasturiy mahsuloti taqdimoti namoyishini o‘tkazdi.
Konferensiya qatnashchilari hamda mehmonlar uchun madaniy dasturlar doirasida Qashqadaryo viloyati Mulla To‘ychi nomidagi musiqiy-dramatik teatrida spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.