Qashqadaryo viloyati axborot - kutubxona markazida 4 ta sektsiya yo‘nalishi bo‘yicha anjuman ishtirokchilarining ma'ruzalari tinglandi:
1-sektsiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi, Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kabi tashkilotlar 10 ta soha mutaxassislarining “Axborot - kutubxona faoliyatining qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi, mualliflik huquqi va intelektual mulk yo‘nalishlari” mavzusidagi ma'ruzalari tinglandi. Sektsiyani O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi deputat Karimova Xafiza Qo‘ldoshevna olib bordi.
2-sektsiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi asosiy kutubxonasi direktori Berdiyeva Zuhra Shukurovna moderatorlik qildi.“Axborot - kutubxona faoliyatining fan va texnika taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida Ozarbayjon Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining fundamental kutubxonasi, Respublika axborot - kutubxona markazi, Buxoro viloyati axborot - kutubxona markazi, Sirdaryo viloyati axborot - kutubxona markazi, Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb - hunar kolleji, Kadan qishloq xo‘jalik kasb - hunar kolleji, Toshkent Davlat Agrar universiteti axborot - resurs markazi, Respublika yig‘ma elektron katalog markazi, E-LINE PRESS va shu kabi 17 ta ishtirokchilarning ma'ruzalari tinglandi.
3-sektsiyada “Axborot - kutubxona resurslari ta'limda. Axborot - resurs markazlarining vazifalari” mavzusida Toshkentdagi Gyote Institutu, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti, Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Urganch davlat universiteti, Angren axborot texnologiyalari va sanoat kolleji, Toshkent Avtomobil yo’llari instituti axborot-resurs markazi, Toshkent Tibbiyot pediatriya instituti axborot-resurs markazi, Surxondaryo viloyati axborot-resurs markazi, Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillarining ma'ruzalari tinglandi.
4-sektsiyada Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi, Rossiya Davlat ko‘zi ojizlar kutubxonasi, Qashqadaryo viloyati davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi, Ilmiy - texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivlari, Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi, Samarqand temir yo‘l transporti kolleji, Qashqadaryo viloyati ko‘zi ojizlar maxsus axborot - resurs markazi, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirishda yagona axborot makoni. “Axborot - kutubxona muassasalarining nashriyot, arxiv va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi” yo‘nalishida 14 ta ma'ruza tinglandi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi texnik loyihalari taqdimoti namoyish etildi.