“Central Asia-2014” VIII - Хalqaro anjumanida davra suhbati hamda seminar-trening bo‘lib o‘tdi. -
Bo`limga qaytish
23.04.2014
“Central Asia-2014” Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari” 8 - Хalqaro konferensiyasi doirasida «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida» gi Qonunni amalga oshirish: ustivor vazifalar» mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo’yicha qo‘mita raisi Djuraboyev Abdurashid Abduvoxidovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a'zosi, deputat Karimova Xafiza Qo‘ldoshevnalar moderatorligida, mamlakatimizda Axborot-kutubxona faoliyatida olib borilayotgan islohotlar Respublikaning barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasini amalga oshirish, aholini axborot-kutubxona bilan ta'minlash darajasini oshirish va doimiy takomillashtirishni inobatga olgan holda ularni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

ARM rahbar va xodimlari, muzey va arxiv xodimlari, nodir nashrlarga ega barcha tashkilotlar uchun “Nodir nashrlarni saqlash, konservatsiya va restavratsiya ishlari” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta universitetida joylashgan Mariotta kutubxonasida faoliyat yurituvchi fondlarni saqlash bo‘yicha mutaxassis Rendi Silverman murabbiylik qildi. Seminarda axborot-kutubxona muassasalari va arxiv ishi mutaxassislaridan 20 nafari ishtirok etishdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga AQSHda nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish ishlari o‘rgatildi va ba'zi bir yirtilgan kitob va qo‘lyozmalarni ta'mirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.