Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
2014 yil 23 aprel kuni Mulla To’ychi nomidagi Qarshi viloyat musiqa va drama teatrida “Central Asia-2014” VIII - Хalqaro anjumani umumiy yig‘ilishining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. - Bo`limga qaytish


23.04.2014
Mulla To’ychi nomidagi Qarshi viloyat musiqa va drama  teatrida yangi adabiyotlarni ko’rgazma doirasidagi taqdimotlari bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada bolalar adabiyoti, jurnallar,  ensiklopediya va lug’atlar, Ilmiy ommabop va badiy adabiyotlarga oid kitoblarning ko’rgazmasi tashkil qilindi.
Konferensiyaning asosiy  maqsadi - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya,  Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon,   Qozog‘iston, Kanada kabi mamlakatlardan soha vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishdi.
Qashqadaryo viloyati hokimi, Respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining hududiy raisi Z.Sh. Ro‘ziyev, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi  axborot, madaniyat va ta'lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Larsen Dj.  o‘z tabrik so‘zlari bilan chiqdilar,  so‘ng  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo’yicha qo‘mita raisi A.A. Djuraboyev o‘z chiqishida mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi, ayniqsa, yoshlarga zamonaviy axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidladi. Bunda davlatimiz rahbarining 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Prezidentimizning 2011 yil 23 fevralda qabul qilingan 2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmat ko‘rsatishni yanada sifatli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlariga oid Qaroriga muvofiq yurtimizda yagona integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratish, bunda elektron resurslarni shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini gapirib o‘tdi. 
Anjumanning asosiy qismida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi raisi Krista Pikkat: “Kutubxona - bilimlar kaliti” mavzusida ma'ruza qildi, Qo‘shma Shtatlar Kongressining yuridik kutubxonasi direktori Devid Mao: “Ixtisoslashtirilgan huquqiy ma'lumotlar to‘plamiga kirishning o‘ziga xos muammolari, harakatlar va ta'minlanishi” mavzusida, B. N. Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi (Rossiya) Internet-portal qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i Zaytsev Andrey Vladimirovich: “Prezident kutubxonasi elektron resurslari - qidirishga oid tizimlar ob'yekti sifatida”, Germaniya kutubxonachilik assotsiyatsiyasi raisi  Frank Redis: “Germaniyada kutubxonachilik uyushmalari: tarix va zamonaviy vaziyat”, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi dissertatsiya xizmati rahbari Shaymerdenova Bagdat Shaymerdenovna: “Qozog‘iston Milliy kutubxonasi - Qozog‘iston tadqiqotchilariga yordam sifatida”, Rossiya fanlar akademiyasi Davlat ommaviy ilmiy-texnikaviy kutubxonasi Sibir filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Yelepov Boris Stepanovich: “Rossiya ilmiy akademiyasining Davlat ommaviy ilmiy-texnikaviy kutubxonasi Sibir filiali manbaalari va texnologiyalari: hozirgi xolati va istiqboldagi rivojlanishi”, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosori Ishmatov Alisher Norqobilovich: “O‘zbekiston Milliy kutubxonasining loyihaviy faoliyati”, AQSH davlat departamenti Axborot resurslari bo’yicha mutaxassis Velori Li: “Oxirgi 20 yillik kesimida Internet ta'sirida kutubxonalar faoliyati”, Germaniya kutubxonachilik assotsiyatsiyasi (Berlin politsiya kutubxonasi) Rahbar Vesna Steyer: “Kam byudjetli katta bo‘lmagan maxsus kutubxonalarda jamoatchilik bilan aloqalarni tashkillashtirish”, Exlibris menedjer Dotsenko Sergey: “Exlibris: kutubxonalar uchun mahsulot”, Zeutschel Menedjer Lyutgen Maykl: “Zeutschel kompaniyasining bosma nashrlarni raqamlashtirish bo‘yicha loyihalar uchun yechimi” mavzusida ma'ruzalar o‘qidilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar