Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonaning “Jahon” o‘quv zalida”, “Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni” ga bag’ishlangan kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi - Bo`limga qaytish


23.04.2014
Ushbu ko’rgazmada sanaga bag’ishlangan rasmlar, Vilyam Shekspir, Charls Jon Dikkens, Migel De Servantes, Vladimir Nabokov kabi mashhur chet el adabiyoti namoyondalarining bir qancha asarlari namoyish etildi.
“Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni” xalqaro nishonlanadigan muhim sanalardan biri hisoblanib, 1996 yil  YUNESKO tashkiloti tomonidan  e'lon qilingan. Kitob va mualliflik huquqini himoya qilish jarayonida asosiy e’tiborni ajdodlarimizdan saqlanib kelinayotgan bosma va turli hildagi adabiyotlarni muhofaza qilishga qaratiladi. Insoniyatning madaniy merosini boyitishda kitob eng yaxshi yordamchi vosita hisoblanadi. Kitob yordamida biz, ma'naviy va madaniy bilim olamiz, go‘zallik va nafosat tushunchalariga ega bo‘lamiz. Kitob insoniyatga madaniy boyliklarni qoldirishga hamda turli xalqlarning madaniyati to‘g‘risida ma'lumotlarni yetkazib beruvchi axborot tashuvchi vosita bo‘lib ham xizmat qiladi. Kitob bu zamonlarni birlashtirib turuvchi ko‘prikdir.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar