22 aprel kuni O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi -
Bo`limga qaytish
22.04.2014
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2013 yil 27 dekabr kuni e'lon qilingan “O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta'minlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik ruhida kamol toptirish hamda mustaqillikni mustaxkamlash yo‘lida olayotgan bilimlarini yanada mustaxkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy kengashi mas'ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari, Toshkent shahar va tuman kengashlari raislari, O‘zMU jurnalistika fakulteti, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalari, shoirning gazeta tahririyatida birga ishlagan hamkasblari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mirsharof Muxsimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi, O‘zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toir, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukfoti sovrindorlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
.jpg)
Tadbir ishtirokchilari shoirning hayoti va ijodi davlat darajasida e'tirofga loyiq ko‘rilgani uning ijodidagi xalqchilikka berilgan yuksak baholigini, Vatan madhiga yo‘g‘rilgan ijodi nafaqat, kecha va bugun, balki istiqbolda ham o‘sib kelayotgan avlodni tug‘ilib o‘sgan zaminga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishni alohida e'tirof etishdi.
“O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori shoir xotirasiga ko‘rsatilgan ehtiromning oliy namunasidir. Tadbirda shoirning “O‘zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalaridagi samarali faoliyatiga ham e'tibor qaratildi. Tadbir davomida shoirning Vatanga, insonlarga, ajdodlar xotirasiga, avlodlar tarbiyasiga oid she'rlaridan namunalar o‘qidilar.