Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
18.04.2014
Joriy yilning 14 - 18 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 100 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 22 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa; adabiyotshunoslik - 2 nusxa; ma'lumot axborot - 4 nusxa; tabiiy fanlar - 5 nusxa; tilshunoslik - 3 nusxa; dinshunoslik - 24 nusxa; badiiy adabiyot - 31 nusxa; tibbiyot - 2 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 40 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
Shu kungacha kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati 791 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirib, bibliografik tavsifini berdi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 506800 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 14 - 18 aprel holatiga ko‘ra 37 nusxa gazeta; 6 nusxa jurnal; jami 292 bibliografik yozuv kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 61 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 59 ta va bolalar adabiyoti uchun 2 ta) berildi. 61 ta kattalar adabiyoti va 2 ta bolalar adabiyoti uchun 19 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 4 ta davriy nashrga 2014 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi.