Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
16 aprel kuni Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


17.04.2014
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 16 aprel kuni milliy adabiyotimiz, madaniyatimiz va ma'naviyatimiz rivojini yuksaltirishga, yosh avlod qalbida o‘zligini anglash, milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishda yorqin iz qoldirgan, iste'dod egasi, betakror ijodkor, milliy sheriyatimizni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “O‘zingdan qo‘ymasin xalqim” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoir Muhammad Yusufning she'riyatga kirib kelgan yo‘li va yaratgan asarlari, xalqimiz dilini egallagan she'riy asarlari  ijodkorlar hamda talaba yoshlarning chiqishlarida qayd etildi.
Tadbir qatnashchilari shoir ijodi haqida gapirar ekanlar, uning she'rlariga bitilgan qo‘shiqlari xalqimiz orasida tezda tarqalib, tilga tushganligini e'tirof etdilar. She'rlarining mavzulari, o‘ta jiddiy, ammo xalq tiliga juda yaqin va ravon tilda yozilganligi ishtirok etgan yozuvchilar, shoirlar va ijodkorlar tomonidan alohida ta'kidlandi.
Shoir tomonidan xalq dardini baralla aytgani, yurt muhabbatini hech kimga o‘xshamagan misralarda ta'riflagan she'rlari xalqimiz orasida tezda tarqalishi unga haqiqiy ma'noda katta shuhrat keltirdi.  
Tadbirda Milliy kutubxona direktori Asadjon Xodjayev, shoir Shukur Qurbon, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a'zosi Chorsha'm Ro‘zi, adabiyotshunos Zuxriddin Isomiddinov, Yozuvchilar Uyushmasi a'zolari, shoir  Yaxyo Tog‘a, Temur To‘rabek, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent pedagogika kolleji, Toshkent kimyo - texnologiyalari instituti,  Yuridik akademik litsey o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi. 
Respublikada xizmat ko‘rsatgan artistlar Giyos Boytoyev, Maxmudjon Azimovlar tomonidan Muhammad Yusuf  she'rlariga bitilgan  qo‘shiqlar ijro etilishi, anjumanga zavq-shavq bag‘ishladi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar