Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
15 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sharq ayoli” jamg‘arma fondi hamkorligida o‘quvchilarining ilmiy diplom ishlari ko‘rildi - Bo`limga qaytish


16.04.2014
“SHARQ AYOLI” xalqaro ayollar jamg‘armasi faoliyati ilm-fan, ma'orif, intelektual salohiyatni rivojlantirishga va intelektual harakatni himoya qilishga qaratilgan.
2010 yildan O‘zbekiston Halq Ta'limi vazirligi hamda Respublika Fanlar akademiyasi  bilan hamkorlikda “Mustaxkam avlod-yurt faxri” deb nomlangan loyixa tashkil etilgan. Shu loyixa asosida har yili maktab o‘quvchilarining  diplom ishlarini  himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu loyihani asosiy maqsadi - ijodkor pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda zamonaviy  pedagogik  o‘qitish tizimini  yaratilishida ko‘mak berishdir. 
Tadbirda O‘zbekistondagi Misr elchixonasi qoshidagi Madaniyat markazi direktori doktor Xalid Umar, San'atshunos, professor Galushenko Irina Georgiyevna, arabshunos, tarix instituti akademiyasi olimi Mamadaliyev Xusniddin, “Savob” inson qadr-qimmatini rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi direktori Shoira Oripova  va boshqa ta'lim soxasining vakillari ishtirok etib o‘quvchilarning ilmiy ishlarini baholadilar.  
Mazkur tadbirda 64-sonli maktab 7 sinf o‘quvchilari: Asrayev Temurning “Jumboqli Motsart”, Najmiddinova Azizaning “Dunyoni munavvar etgan yorug‘lik”, Nadjmiddinova Kamila Ma'rufxonning “Suv hayot manbai” Fattoxova Irodaning “Sun” (Quyosh), hamda 8 sinf o‘quvchisi Toirjanova Bibixodjar Kobiljon qizining “Misrda o‘zbek sulolasi” kabi ma'ruzalari rus, o‘zbek, ingliz tillarida videoroliklar orqali  taqdim qilindi.
Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar diplomlar bilan taqdirlandilar.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar