Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Ekologik muammolarni yoritishda jurnalistlar ixtisoslashuvi» mavzuida seminar-trening bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


14.04.2014
Tadbirda O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish va Jamoat fondi xodimlari, Tabiatni muxofaza qilish Davlat qo‘mitasi vakillari, ekspertlar va ekolog olimlar, mamlakatdagi yetakchi bosma nashrlar va axborot agentliklari jurnalistlari ishtirok etdi.

Seminar trening maqsadi jurnalistlarning ekologik sohasidagi, shuningdek, atrof-muhitni muxofaza qilish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlar darajasini oshirish, ularni mazkur jabxaga oid qonunchilik hujjatlari va qabul qilinayotgan qarorlar bilan tanishtirishdan iboratdir. 

Seminar davomida OAV vakillari tabiatni muxofaza qilish soxasida mass-medianing ixtisoslashuviga oid masalalar va zamonaviy yo‘nalishlar, barqaror rivojlanish maqsadida ta'limning asosiy tamoyillari hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to‘g‘risida» gi yangi qonunini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida batafsil ma'lumot oldi. Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik masalalari, mavjud ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muxokama etildi.





 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar