Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
10 aprelda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Amir Temur tavalludi kuniga bag‘ishlangan “Amir Temur- buyuk sarkarda” shiori ostida davra suxbati va kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


10.04.2014
Davlatimiz rahbari I. Karimov tashabbuslari bilan Mustaqillik yillarida Sohibqiron Amir Temur hayoti va ijodi, davlatni boshqarish, adolatli siyosat yuritishdagi prinsiplari borasidagi bilimlarni chuqurroq o‘rganishga katta ahamiyat qaratildi. Donolik, mardlik va to‘g‘ri so‘zlik, adolatli davlatni boshqarishi, farzandlarni milliy ruhda tarbiyalash, ilm-fan va ma'naviy dunyoqarashlarning rivojlanishiga alohida e'tiborni uning siymosida ko‘rish mumkin.

Milliy kutubxonada Sohibqiron Amir Temur tavalludi kuniga bag‘ishlangan “Amir Temur - buyuk sarkarda  ” mavzuida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Filologiya fanlari doktori, professor Asror Samad,  “Qatag‘on qurbonlari” muzey xodimi Baxrom Mirzayev, shoir  Berdi Rahmat, Shukur Qurbon ishtirok etib, davlatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida Soxibqiron Amir Temur hayoti va uning davlat boshqaruvidagi siyosati, o‘zbek davlatining barpo bo‘lishida qilgan buyuk ishlarining tarixini o‘rganish borasida keng qamrovli ishlar olib borilayotgani haqida gapirib o‘tdilar. ushbu tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar va tuman sudlari sudyalari hamda sud apparatlari hodimlari, olimlar, ijod namoyondalari ishtirok etdilar.

Tadbirda Amir Temur haqidagi kitoblar va rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi.







  

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar