Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Abdulla Qodiriy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk romannavis adib” nomli ijodiy uchrashuv - Bo`limga qaytish


09.04.2014
8 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasining Majlislar zalida Abdulla Qodiriy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk romannavis adib” nomli ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Abdulla Qodiriy  (Julqunboy) 1894 yilning 10 aprel kuni Toshkentda tavallud topgan. U yoshligidanoq otasining hikoyalarini eshitib voyaga yetdi. Otasining aytgan o‘gitlari Abdulla Qodiriyning mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini odamlarga ayniqsa, ona yerga bo‘lgan muxabbatini oshirib bordi. Uning bunday fazilatlari qisqa umrining so‘ngiga qadar saqlanib qoldi. 
Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta`qibu tahdidlar ichida o`tdi. Rostgo`y adib sho`ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho`ro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko`rsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 
Abdulla Qodiriy  insonning ko’z bilan ko’rish, quloq bilan eshitish, qo’ying-chi, biron-bir sezgi a’zosi bilan bilish imkoni bo’lmagan eng yuksak fikrlari, murakkab tuyg’ulari, nozik sezgilarini birgina so’z orqali ifoda etgan.
Ushbu ijodiy uchrashuvga Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Vafo Fayzullo,  shoir Xakimjon Sattoriy, Shukur Qurbon,To‘ra Mirzo, bolalar shoiri- Xamidullo Yusuf hamda  Abdulla Qodiriy avlodidan Sherxon Qodiriy tashrif buyurishdi.  
Tadbirni O`zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o`rinbosari U. Teshabayeva  ochib berdi.       
Shoir To’ra Mirzoning shoir bo’lishida Abdulla Qodiriy o’rni katta ekanligini aytib, Qodiriyning hayoti va bebaxo ijodi durdonalari,  o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida  gapirib berdi. 
Abdulla Qodiriy serqirra ijodkor. Tadbirda shoir Vafo Fayzullo   barchaga ibratli asar hisoblangan  “O’tgan kunlar”, “Mexrobdan chayon” asarlarini qayta-qayta o’qishni tavsiya qildi.  
Abdulla Qodiriyning avlodi bo’lgan Sherxon Qodiriy Qodiriylar sulolasi  bilan bog’liq bo’lgan qiziq voqealarni so’zlab berdi.
Uchrashuv qizg‘in bahs-munozaralar bilan davom etdi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar