“FALSAFA VA FAN METODOLOGIYASI MUAMMOLARI” mavzusida, OMONULLA FAYZULLAYEVICH FAYZULLAYEV xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy nazariy seminar -
Bo`limga qaytish
07.04.2014
2014 yil 4 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafiy tadqiqolar o‘quv ilmiy kompleksi, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti hamda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati bilan hamkorlikda “Falsafa va fan metologiyasi muammolari” mavzusida, Omonulla Fayzullayev xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Omonulla Fayzullayevich Fayzullayev Toshkent shahrida tavallud topgan. 1949 yilda O‘rta Osiyo Davlat Universiteti fizika-matematika fakultetining mexanika bo‘limini tugatib, keyinchalik falsafa soxasida mutaxassislikni egallagan olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori, professor.
Seminarda professor, olimlar, Omonulla Fayzullayevning katta farzandi Beruniy Fayzullayev, talaba yoshlar hamda Milliy kutubxona xodimlari qatnashdi.
Imom Buxoriy Xalqaro markazi direktori Sh.Ziyodov kirish so‘zi bilan seminarni ochib, ishtirokchilarini e'lon qildi. Ilmiy-nazariy seminarda “Imom Buxoriy saboqlari” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari professor B. Karimov O.Fayzulayev xotirasini yodga oldi. Dialektika, ontologiya va bilish nazariyasi, falsafa tarixi, ijtimoiy falsafa va metodologiyasi, mantiq, tabiatshunoslik falsafasi, ma'naviyat va dinshunoslik masalalari to‘g‘risida ma'ruzalar tinglandi.
Ayniqsa, uning shogirdlaridan falsafa fanlari nomzodi, dotsent G.Tillayevaning “Ilm ahlining darg‘asi”, tarix fanlari nomzodi, dotsent S.Xolboyev ma'ruzalari hamda ustozi haqidagi aytib bergan qiziqarli xotiralari barchani mamnun etdi.
Seminar qatnashchilari o‘z mavzularini taqdimot va videoroliklar bilan yoritib berishdi.
Tadbir so‘ngida yosh olimlar va faylasuflarni tayyorlash to‘garagini tashkil etish to‘g‘risida takliflar tushdi.





