Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
08.10.2014 Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona Muzeyida 1-31 oktabr kunlari Sharqda me`morchilik san`ati va arxitektura tarixi mavzusida kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda

Jаmоаtchilik vа ilmiy dоirа hаmdа Аlishеr Nаvоiy nоmidаgi O`zbеkistоn Milliy kutubхоnаsi а’zоlаrining qiziqishlаri, shuningdеk, kutubхоnаgа dоimiy hоldа хоrijiy mеhmоnlаr tаshrifini hisоbgа оlgаn hоldа, kutubхоnа mа’muriyati muzеy mаzmunini jоnlаntirishgа qаrоr qildi. Shu munоsаbаt bilаn 2014 yil 1 – 31 оktabr kunlаri “Qo`lyozmа, nоdir vа аlоhidа qimmаtgа egа nаshrlаr”gа bоy fоndidа sаqlаnаyotgаn qаdimgi vа tаriхiy kitоblаrning kutubхоnа muzеyidа Shаrq аrхitеkturаsining erаmizdаn аvvаl IV аsrdаn bоshlаb hоzirgi dаvrgа qаdаr bаg`ishlаngаn nаvbаtdаgi ekspоzitsiyasi o`tkаzilmоqdа.

03.10.2014 Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 29 sentyabr – 3 oktyabr holatiga ko‘ra 36 nusxa gazeta, 21 jurnallardan, jami 485 bibliografik yozuv kiritildi. 250 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 30 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 27 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 9 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

03.10.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oktabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar

2 oktabr kuni soat 15:00da “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan,Ustozlar!” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
5 oktabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan “Speaking English at home” nomli bolalar va ota-onalar bilan ingliz tilida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
10-11 oktabr kunlari soat 12:00da majlislar zalida "G‘oyamiz-himoyamiz" ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi doirasida tadbir o‘tkaziladi
11 oktabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan “Speaking English at home” nomli bolalar va ota-onalar bilan ingliz tilida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;

30.09.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” o’quv zalida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi

"… Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz”.    
                                                                                                            I.Karimov
Ushbu ko’rgazmada ustoz va murabbiylarning ta’lim sohasida olib borayotgan mehnatlarini aks ettiruvchi kitoblar o’rin olgan.
Farzandlar ta'lim-tarbiyasi, kamoloti haqida qayg`urish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir. Shu sababli o`qituvchi va murabbiylar yurtimizda sharafli kasb egalari sifatida har doim hurmat va e’tibordadir. O`qituvchi bugun o`zi ta'lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo`yadi.
Bayramingiz qutlug' bo'lsin aziz ustozlar!!!

30.09.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2014 yil sentabr oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar –4738 (jami –90404);
Qatnovlar –39260;
Kitob berilishi –383500;
Ekskursiyalar (tashkilotlar) – 76, qatnashganlar soni – 2871;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar – 831, avtoreferatlar – 301, jurnallar – 400, gazetalar – 2579, CD ROM – 193. Jami – 4304;
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 275;
Kitobning xalqaro standart tartib raqami (ISBN) – 324;
Davriy nashrlarning standart tartib raqami (ISSN) – 1; Elektron katalogga kiritilgan bibliografik yozuvlar – 2163;
AAKT – 522550.

26.09.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi: islohotlar va istiqbollar” anjumani o‘z ishini yakunladi

2014 yil 25 sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi: islohotlar va istiqbollar” anjumani o‘z ishini yakunladi.
Jumladan, katta yoshlilar ta'limi Xalqaro Kengashi Bosh kotibi Katarina Popovich “Xalqaro kontekstda katta yoshlilar ta'limi: bugungi kun ahvoli va ertangi kunga ogohlik” mavzusidagi ma'ruzasida Yevropada savodxonlik, hisoblash ko‘nikmalari va AKT savodxonligi darajasini aniqlash ustida olib borilgan ishlar haqida gapirib berdi va aniq ma'lumotlar keltirdi. Ba'zi mamlakatlarda nafaqat katta yoshlilar ta'limi, balki savodsizlik, gender, demografik va boshqa  muammolar mavjud bo‘lgan bir vaqtda, O‘zbekistonda  katta yoshlilar ta'limi masalasiga qaratilayotgan e'tiborga bugungi nufuzli anjuman misol bo‘la olishini e'tirof etdi. Hattoki bir nechta trenerlar guruhi shakllangani va bu sohadagi istiqboldagi rejalar haqida boshqa davlatlardagi mutaxassislarga o‘rtoqlashish istagini bildirdi.


Oldin   79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar