Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
22.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi


2016 yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qarori bilan tanishtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi vakillari o‘tkazgan mazkur seminarda kutubxona xizmat rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazining qonun hujjatlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilbar Holiqova 2015 yil 3 dekabrda qabul qilingan, maqsadi elektron hukumat cohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan ushbu Qonunning mohiyati va asosiy vazifalari bilan tanishtirdi. 

21.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, akademik Aziz Qayumov tavalludining 90 yilligi munosabati ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi


2016 yil 21 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida adabiyotshunos, manbashunos, O‘zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi,  O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov tavalludining 90 yilligi munosabati ilmiy-amaliy konferensiya va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyotshunos, navoiyshunos, tilshunos olimlar, adiblar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Konferensiyada Aziz Qayumovning maslakdosh hamkasblari, davomchilari va shogirdlari ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ular o‘z chiqishlarida yubilarni muborakbod etdilar, o‘z hayotlarida, ilmiy izlanishlarida uning yo‘l-yo‘riqlari, o‘gitlari va nasixatlarining o‘rni va ilmiy va ijodiy hamkorlik chog‘larida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdilar. 

20.01.2016 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


2016 yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi VMning mas’ul mutaxassislari, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari va xodimlar ishtirok etdilar.

2016 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimizning 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida o‘tgan davrda amalga oshirilgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlanganligini, mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal suratlarda oshganligini va xalqning turmush tarzi yuqori darajaga ko‘tarilganligini ta’kidladi.

20.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Hikmat ummonining durlari” kitobi bilan boyitildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “FAYLASUFLAR” nashriyoti tomonidani 2015 yilda, 284 bet hajmda chop etilgan “Hikmat ummonining durlari” kitobi bilan boyitildi. To‘plovchi va so‘z boshi muallifi – yuridik fanlar doktori A.Saidov.

Kitobda “hikmatli so‘zlar” tushunchasiga ta’riflar berilgan va buyuk faylasuf-adiblar, olimlar, yozuvchilar, ijrodkorlar, siyosatchilarning hayotiy tajriba va donishmandliklari bayonini mujassam qilgan sitatalari keltirilgan. Bu yerda XIII asrdan XX asrgacha bo‘lgan bo‘lgan davrda G‘arbu Sharq mamlakatlarida yashab ijod qilgan zabardast adiblarning hikmatlari tanlab olingan. Ularning donishmandligi, inson uchun muhim bo‘lgan oddiy voqea va hodisalarni, insoniy quvonchu ko‘ngilsizliklarni teran baholay olishlari barchani hayratga soladi.

18.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Основные направления дальнейшей модернизации и повышения конкурентоспособности национальной экономики” kitobi bilan boyitildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Основные направления дальнейшей модернизации и повышения конкурентоспособности национальной экономики” (“Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari”) kitobi bilan boyitildi. Adadi 150 nus’ha, hajmi 704 betdan iborat mazkur kitob Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan chop etilgan bo‘lib, unda 2015 yil 18 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan VII O‘zbekiston iqtisodchilari anjumani materiallari jamlangan.

18.01.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Xisoblash va amaliy matematika muammolari” jurnali bilan boyitildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy maxsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi ta’sis etgan “Xisoblash va amaliy matematika muammolari” jurnalining 1- va 2-soni bilan boyitildi. 

Mazkur davriy ilmiy jurnalning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalarini yoritish, yangi ilmiy maktablar shakllantirish va mavjudlarining yutuqlarini targ‘ib etish, fanning ilg‘or yutuqlarini joriy etish uchun ilmiy salohiyatni aniqlash, MDX va boshqa mamlakatlar ilmiy va nashriyot markazlari bilan ilmiy hamkorlikka imkoniyat yaratish. 


Oldin   1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar