Foydali resurslar
Joriy yilning 31 martdan 4 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 74 ta yangi nomdagi kitoblar qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 27 nusxa; ta'lim va madaniyat - 5 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 2 nusxa; adabiyotshunoslik - 5 nusxa; ma'lumot axborot - 23 nusxa; tabiiy fanlar - 5 nusxa; san'at - 2 nusxa; dinshunoslik - 5 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 12 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
Shu kungacha kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati 691 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirib, bibliografik tavsifini berdi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 505850 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 1 - 4 aprel holatiga ko‘ra 91 nusxa gazeta; 6 nusxa jurnal; jami 445 bibliografik yozuv kiritildi. 368 bibliografik yozuv tahrir qilindi.