03.04.2014
29 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasining Kinozalida Iqtidorli yoshlar klubining navbatdagi-an'anaviy yigilishi bolib otdi.
Farzandlarimiz bizdan kora kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bolishlari kerak shiori ostida otgan mazkur anjumanga yozuvchi Miryoqub Qobilov mehmon sifatida tashrif buyurib, hayot va ijod togrisida oz bilgan va his qilganlarini misollar bilan, qiziqarli tarzda hikoya qilib berdi.
Hayotini Salomatlik soqmoqlarida otkazishni niyat qilgan yosh sayohatchi-sportchi Metin Qobilov va u bosib otgan yollar xususidagi videolavhalar klub ishtirokchilarda ochmas taassurot qoldirdi. Undagi tabiatga muhabbat, atrof-muhitni asrab-avaylash borasidagi mushohadalar bugunning muammolaridan biri sifatida qabul qilindi.
Shundan keyin, klubning eng yosh ishtirokchisi 8 yoshli shoira Minavvar Erkinova oz she'riy mashqlarini oqidi. Ular kopchilikka ma'qul boldi. Klub ishtirokchilaridan Safar Soliyev, Shavkat Bobomurod, Iroda Muhitdinova, Fotima Bahrom qizi, Oxunjon Arofatov, Matyoqub Yoqubovlar oz abadiy mashqlari hamda fikr-mulohazalarini yigilganlar bilan ortoqlashdi.
Jahon adabiyoti namoyondalaridan I.V.Gyote, Jak Prever asarlari xususida fikr almashildi. Gyotening Faust asarini oqib kelish uyga vazifa qilib berildi.
Tadbirni shoir Shukur Qurbon olib bordi.
Klubning navbatdagi yig‘ilishi 12 aprel kuni soat 14.00 da bo‘ladi. Milliy kutubxona ma'muriyati iqtidorli yoshlarni klub yig‘ilishlariga taklif etadi.