«Central Asia - 2014» konferensiyasi bo‘yicha on-layn ro‘yxatga olish yakunlandi - Bo`limga qaytish
02.04.2014
Hurmatli konferensiya qatnashchilari, konferensiya bo‘yicha ro‘yxatga olish yakunlandi. Sayt orqali ro‘yxatdan o‘tganlarni Qarshi shahrida kutamiz.
22 apreldan konferensiya qatnashchilarini Qarshi shahridagi mehmonxonalarga joylashtirish boshlanadi. Seminar qatnashchilari 22 aprel kuni soat 15.00 dan 18.00 gacha Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida ro`yxatga olinadi. Manzil Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 21 uy.
23 aprel soat 8.30 dan 9.45 gacha Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida ro‘yxatga olish davom ettiriladi.
Konferensiyaning umumiy yig‘ilishi 23 aprel, sho‘balar yig‘ilishi 24 aprel, ko‘chma yig‘ilish 25 aprelda Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya bo‘yicha Sizni qiziqtiradigan savollarga Toshkent shahridagi 239-41-18 telefon raqamiga murojaat qilib bilishingiz mumkin.