Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
17.10.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi videomarkazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kunga bag‘ishlangan filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi

2014 yil 21 oktyabr kuni O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek tilining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanib mukammal tillar qatoridan o‘rin egallashiga dahldor voqyealar va ma'rifat fidoiylari haqida  kutubxonaning videomarkazida filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan foydalanuvchilar hukmiga quyidagi filmlar havola etiladi:
"Xitoydan to Xuroson"gacha  yoyilgan turkiy qavmlarni "yakqalam" qilgan,  o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodligi uchun ulkan hissa qo‘shgan, o‘zbek tilining asoschisi, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rejissyor Komil Yormatov tomonidan 1947 yilda suratga olgan “Alisher Navoiy” badiiy filmi;

16.10.2014 Hurmatli foydalanuvchilar!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 25 yilligi munosabati bilan 21 oktyabr kuni “Uch daryodan suv ichgan dengiz” shiori ostida tadbirlar turkumini tashkil qiladi:
11:00 – 13:00 da Kinomarkazda “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi
11:00 – 13:00 da Kutubxona foyesida “Ona tilim - jon tilim” mavzusida talaba va o‘quvchilar ishtirokida adabiy-badiiy tadbir
14:30 – 15:30  da Kinomarkazda “Asrlar osha kelgan”, “O‘zbekistonda ta'lim” hujjatli filmlar namoyishi
15:00 – 17:00 da O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bilan ijodiy uchrashuv hamda “So‘z latofati” kitobi taqdimoti

16.10.2014 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi mashhur o‘zbek iqtisodchisi S.V.Chepelning “O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish”ga bag‘ishlangan monografiyasi bilan to‘ldirildi

Chepel S.V. «O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish» Monografiya, Toshkent. IFMR nashriyoti.
Monografiyaning dolzarbligi shundaki, u jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va istiqbolini belgilashning o‘ziga xos yondashuvini taklif qiladi.
Uzoq davr hukumat muassasalari qoshidagi iqtisodiy yo‘nalishdagi institut va markazlarda faoliyat yuritgan muallif, bozor islohotlariga o‘tish davrida O‘zbekiston iqtisodiyotining samaradorligi tahlili va istiqbolini belgilash modellari va usullari sohasidagi o‘zining boy tajribasiga tayangan holda «O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish» monografiyasini havola qiladi.

15.10.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir, dramaturg va rassom M.Yu.Lermontov tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi

Bugun “Tafakkur” o‘quv zalida shoir, dramaturg va rassom M.Yu.Lermontov tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
Ko‘rgazmada M.Yu.Lermontov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, Milliy kutubxona fondida saqlanuvchi kitoblar kitobxonlar hukmiga havola etildi.

10.10.2014 2014 yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "G‘oyamiz-himoyamiz" ijtimoiy-ma'rifiy loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti  hamkorligida kutubxonaning majlislar zalida “Ma'rifat fidoiylari” rukni ostida "G‘oyamiz-himoyamiz" deb nomlangan ijtimoiy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Filologiya fanlari nomzodi, jurnalist  Rahimboy Jumaniyozov tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda mazkur institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Nilufar Yuldasheva, “Itelektual auksion” ko‘rsatuvi boshlovchisi Rustam Mirvohidlar ishtirok etdilar va diniy ekstremistik, terroristik harakatlarning maqsadlari, bunyodkor va vayronkor g‘oyalar o‘rtasidagi kurash haqida fikr bildirdilar va Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashimiz, ravnaq ettirishimiz kerakligini ta'kidlab bu borada pedagog kadrlar oldida turgan vazifalar haqida gapirdilar.

09.10.2014 1-31 oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasi muzeyida Sharqda me`morchilik san`ati va arxitektura tarixi mavzusida kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda

Shu kunlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo‘lyozma, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” fondida saqlanayotgan qadimgi va tarixiy kitoblar muzeyida Sharqda me'morchilik san'ati va arxitektura tarixiga bag‘ishlangan ekspozitsiya bo‘lib o‘tmoqda.
Ekspozitsiyadan Sharq arxitektura qurilishlari, me'moriy obidalar, sharqona naqshlar haqida ma'lumot beruvchi, litografik fotosuratlar ilova qilingan  taniqli tarixchi, sharqshunos, arxitektor va san'atshunos olimlarning 44 ta kitobi o‘rin olgan.


Oldin   78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar