Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Matonatli alloma Ozod Sharafiddinov tavalludining 85 yilligi munosib nishonlandi. - Bo`limga qaytish


31.03.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov haqida hayotlik chog‘idayoq shunday degandilar: “Ozod Sharafiddinov hayotda ham, ijodda ham o‘zining haqqoniy so‘zi, iroda va matonati bilan yurtdoshlarimizga, avvalambor yoshlarimizga ibrat bo‘layotgan, tom ma'nodagi ma'rifatparvar insondir”. Ustoz olamdan o‘tgach (2005) , “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch”(2008) asarida esa,  u haqda shunday yozadilar: ”O‘ylaymanki, o‘zini o‘zbek xalqining farzandi degan har  qaysi inson  ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi, unib-o‘sib kelayotgan bolalari, shogirdlariga ma'naviy jasorat timsoli sifati aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko‘rsatadi. Va hech shubhasiz, umr bo‘yi el-yurt manfaati, Vatan istiqboli uchun kurashib yashaydigan shunday Qahramon farzandlari bor xalq hech qachon kam bo‘lmaydi”.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 28 mart kuni ana shu muhtaram alloma Ozod Sharafiddinov tavalludining 85 yilligi munosib nishonlandi.
Tadbirni Milliy kutubxona direktori Asadjon Xodjayev kirish so‘zi bilan ochdi. Anjumanni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi.  
Anjuman avvalida Ozod Sharafiddinovning hayotiy prinsiplari to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi.O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, “Do‘stlik” ordeni nishondori, mohir pedagog va olim Omonulla Madayev Ustozning pedagogik faoliyati borasida ma'ruza qildi. Filologiya fanlari doktori, taniqli adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinov “Ozod Sharafiddinovning ilmiy-adabiy merosi va   shaxsiyati”to‘g‘risida gapirdi.
O‘zbekiston xalq xofizi Erkin Ro‘zimatovning jonli ijrosidagi mumtoz qo‘shiqlar, allomaga bag‘ishlab yozilgan she'rlar  anjumanga fayz kiritdi.Mana, ulardan bir parcha:
 
Birni o‘rgatguncha shogirdga ustoz,
Aql chig‘irig‘idan o‘tkazar mingni.
Shogird qobil chiqsa, kuydirmasa soz,
Anglasa soz chekkan zahmatlaringni.
Bu dunyo ishlarin tushunolmasdan
Xonaqohga borgan dalli-darvishday,
G‘o‘r bir mashqlar-u, zo‘r orzu bilan
Darvozangiz qoqdim so‘ramay-netmay.
Ko‘zimda titrardi ming bitta savol,
Bilib turib buni, bilganingiz yo‘q.
Bpa'zi nasig‘atgo‘y “donolar” misol,
Yostanib, va'zxonlik qilganingiz yo‘q.
O‘rniga men bilan suhbat qurdingiz,
She'r haqida suhbat qurdingiz dildan.
Balki yuragimda bir cho‘g‘ ko‘rdingiz,
Tozalamoq bo‘ldingiz kuldan...
 
Tadbirga O‘zbekiston Milliy Universiteti, Islom Universiteti, Toshkent shahar Shayhantoxur tuman tibbiyot kolleji talabalari,allomaning muxlislari va shogirdlari tashrif buyurishdi. 









Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar