«Central Asia - 2014» konferensiyasi to‘plamida tezis va ma'ruzalarni chop etish uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
17.03.2014
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-f-sonli farmoyishi “Central Asia. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari” mavzusida 8-xalqaro konferensiyasini o‘tkazish” (1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ning 3-bandiga asosan) rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2014 yilning 22 - 26 aprel kunlari Qarshi shahrida “Central Asia - 2014 Fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida internet va kutubxona-axborot resurslari” mavzusida VIII Xalqaro konferensiyasini o‘tkazadi.
Konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Mahalliy mutaxassislar uchun konferensiyada qatnashish badali 120 000 so‘m, horijiy mehmonlar uchun 350 AQSH dollari miqdorida O‘zbekiston Republikasi Milliy bankining davlat kursi bo‘yicha belgilangan.
Ro‘yhatdan o‘tish badalini qabul qilish quyidagi hisob raqami orqali amalga oshiriladi:
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi
Navoiy ko`chasi 1-uy
G`az/r 2340 2000 3001 0000 1010
O`zb. Res. MV G`aznachiligi Amaliyot boshqarmasi
shx/r 4001 1086 0262 6679 5010 0167 001
RG`M SHMBB Toshkent sh.
MFO 00014 STIR 201122450
XXTVT 93110