Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


17.03.2014

Joriy yilning 10 - 14 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 220 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 100 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 22 nusxa; tibbiyot - 5 nusxa; ta'lim va madaniyat - 8 nusxa, badiiy adabiyotlar - 7 nusxa; qishloq xo‘jaligi - 3 nusxa;  adabiyotshunoslik - 30 nusxa; tabiiy fanlar - 25 nusxa)  120 ta avtoreferat (siyosat - 28 nusxa; tabiiy fanlar - 22 nusxa; tibbiyot - 12 nusxa; ta'lim va madaniyat - 13 nusxa; sport - 6 nusxa; texnika - 27 nusxa;   san'at - 7 nusxa; tilshunoslik - 4 nusxa; ijtimoiy fanlar - 1 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni  59 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi. 

494 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.     

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 503700 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 10 - 14 mart holatiga ko‘ra 85 nusxa gazeta; 2 nusxa jurnal; jami 383 bibliografik yozuv kiritildi.  491 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 
 
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 93 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 90 ta va bolalar adabiyoti uchun 3 ta) berildi. 90 ta kattalar adabiyoti  va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 25 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar