Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
AKADEMIK RASSOM O‘GITLARI - Bo`limga qaytish


15.03.2014
 
Ustoz va uning qadr-qimmati  to‘g‘risida  shunday voqyea haqida hikoya qilinadi:
Vizantiya xalqi g‘oliblarni gullar bilan olqishlar edi. Ulardan bir guruhi  podshoh  - Sulton Mehmetxon qarshisiga yuradi.Ittifoqo, ular oppoq soqolli, viqorli va salobatli Oqshamsuddin hazratlarini ko‘rib qolishib, uni podshoh gumon qilishib, guldastalarini uzatadilar. Podshohning ustozi bo‘lmish hazrat bu qutlovdan xijolat bo‘lib, otlarini chetga suradilar-da:
-  Jahonda yangi sanani ochgan hukmdor Sulton Mehmetxon men emasman, ana udir, gullarni unga beringlar, -deydilar.
- Sulton Mehmetxon esa, gul tutayotgan qizlarga Oqshamsuddin hazratlarini - o‘z ustozini ko‘rsatib, deydi:
- Boring-da, bu gullarni muhtaram ul zotga - ustozimga beringlar. Bu hurmat ul zotning haqidir. Filhaqiqat, ul  zot sababchi bo‘lib, men bu qahramonlikni, iymon-e'tiqodni, ezgulik va yaxshilikka xizmat qilishni o‘rgandim.
14 mart kuni Alisher navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Xalq rassomi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston va Rossiya rassomlari akademiyasining akademigi, asarlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ko‘gazmalarda namoyish etilib, mashhur muzeylari to‘ridan o‘rin olgan taniqli rassom Alisher Mirzo musavvirlik olamtga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yoshlar va ziyolilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 
Unda  o‘zbek rassomchiligi sohasidagi muammolar, ijodkor yoshlar oldida turgan vazifalar, ijodga mas'uliyat bilan yondashish yo‘l-yo‘riqlari, ilm olishning sharafli va mashaqqatli ekani to‘g‘risida suhbat qilindi.
Ustoz san'atkorning kutubxona zallarida bo‘lib o‘tgan asarlari ko‘rgazmasidan olingan taassurotlar o‘rtoqlashildi.
Anjumanni kutubxona direktorining o‘rinbosari Alisher Ishmatov olib bordi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar