13.03.2014
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 14 martdan 24 martga qadar Navro‘z ayyomi munosabati bilan “Navro‘zingdan aylanayin diyorim” shiori ostida “Bolaligim poshsholigim” mavzusida Dil izhorlari tanlovini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ikkinchi qavati foyesidan joy olgan stendlarda xohlovchilar o‘z izhorlarini she'riy yoki matnli ko‘rinishda qoldirishlari mumkin. Dil izhorlari bir nusxada stendga yopishtiriladi va albatta, dil izhori egasi o‘z izhorini yakuniga ID-kart raqamini ko‘rsatishi lozim.
24 mart kuni soat 16:00 da Ko‘rgazmalar zalida eng chiroyli va mazmunli dil izhori g‘olibi aniqlanadi.
Barchangizni tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz!