“Jarangli so‘z sadosi” mavzusida “Danko” adabiy-ijodiy uyushmasining navbatdagi ijodiy uchrashuvi - Bo`limga qaytish
12.03.2014
12 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kinomarkazida “Danko” adabiy ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda shoir, jurnalist, publisist va san'atshunos Guarik Bogdasarovaning “Jarangli so‘z sadosi” mavzusida ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Galina Melnikova nutq madaniyati haqida ma'ruza o‘qidi, toshkentlik shoirlar N. Ilin, B. Axmedova va A. Yevseyeva she'rlaridan namunalar o‘qildi, shuningdek, “Archa” guruhi xonandalari ijrosida rus romanslari va mualliflik qo‘shiqlari ijro etildi. Uchrashuv yakunida “Armeniya bo‘ylab sayohat” nomli hujjatli film namoyish etildi.