O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Alisher Navoiyning polyak tilidagi «Lisonut-tayr» asari bilan to‘ldirildi -
Bo`limga qaytish
10.03.2014
Alisher Navoiyning «Lisonut-tayr» asari birinchi marotaba polyak tiliga polshalik mutaxassis Yanuj Kjijovskiy tomonidan tarjima qilinib, kitob shaklida chop etildi va Polsha kutubxonalariga tarqatildi. Ushbu nashrning bir nusxasi muallifning iltimosiga binoan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sovg‘a tariqasida taqdim etildi. Ushbu asarni “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida o‘qishingiz mumkin.
Ya.Kjijovskiy Lodz shahridagi Tibbiyot akademiyasini va Varshava universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. U 1964 yilda Berlin shahrining Gumboldt universitetida fan doktori unvonini, 1986 yilda didaktik faoliyati uchun “Oltin xoch” mukofoti bilan taqdirlangan. Polshaning “Yer haqidagi fan” jamiyati a'zosi va mashhur milliy sayohatchidir.
Ya.Kjijovskiy Sharqning Alisher Navoiy, Bobur, B.Luqnavi, F.Xoshmi va U. Hayyom kabi mashhur shoirlari asarlarini tarjima qilish ustida ishlamoqda.