O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “ISTIQBOL” o‘quv zalida 8-mart munis ayollar hamda latofatli qizlarimizning bayrami munosabati bilan “Ona aziz - ayol mo’tabar” nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi -
Bo`limga qaytish
06.03.2014
Ayol bu - mehr-muhabbat, ayol - Vatan, ayol - go’zallik va nafosat timsoli. Vatan, yurt so’zlarining ona so’zi bilan payvasta aytilishi ham ayolning buyukligidan dalolatdir. Ayol-oilamiz, xonadonimiz oftobi, tirikligimiz quyoshi. Ayol - borliq ko’zgusi. Uning go’zalligi olamni charog’on etadi, chunki uning niyati pok, o’zi pok. Shu bois uni avaylab, asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi. Shu ma’noda, buni O’zbekistonimizga va uning bir-biridan latofatli, oqila o’zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo’lmaydi.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki bahor ayyomida yurtimizning ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 99-yilligi ham kitob, rasmli ko’rgazmamizda aks ettirilgan.
Ko’rgazmaga marhamat!!!