O’zekiston Milliy kutubxonasida Hamza Hakimzoda Niyoziyning 125 yilligi munosabati bilan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi -
Bo`limga qaytish
06.03.2014
Milliy kutubxonaning ’’O’zekiston” o’quv zalida o’zbek xalqining yangi davr o‘zbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, ma’rifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning 125 yilligi munosabati bilan kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. 1889 yil 6 martda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tavallud topgan Hamza avval eski maktab va madrasalarda o‘qib, fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida esa rus tilini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Hamzaning badiiy ijodga qiziqishi barvaqt boshlangan. Hamza 1903 — 1914 yillar orasida Nihoniy taxallusi bilan 197 ta she’r yozib, ularni qo‘lyozma devoni shakliga keltirgan. Bu devonni tashkil etgan she’rlarida Hamza o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarining davomchisi sifatida namoyon bo‘ldi.
Ko’rgazmaga marhamat!!!