Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
27.10.2014 2014 yil 27 oktyabr kuni INFOLIB-2014 Axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli kutubxonashunos, bibliograf, tarixchi va kitobshunos Ye.K. Betger xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazadigan “Betger o‘qishlari-2014” davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Betger o‘qishlari – 2014” davra suhbatining mavzusi: “Raqamli makon va zamonaviy axborot-kutubxona muhitidagi media kontent” mavzusiga bag‘ishlangan.
“Betger o‘qishlari” o‘tkazishdan asosiy maqsad - zamonaviy jamiyat infrastrukturasida axborot-kutubxona muasssasalari, axborot-kutubxona xizmatining roli va o‘rnini aniqlashda olimlarni, axborot-kutubxona va mutaxassis-amaliyotchilarni jipslashtirishdir.
Bu yilgi “Betger o‘qishlari” axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarning faoliyatida axborot muhitini shakllantirish, mustahkamlash va yagonalikni ta’minlashda raqamli makon va zamonaviy media kontentni rivojlantirish hamda bilimlarni ommalashtirish va axborot resurlaridan foydalanishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.

27.10.2014 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi

2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.
Har qanday xalqning ko‘z qorachig‘idek asrab, avaylab-ardoqlab kelgusi avlodga yetkazadigan qadriyatlari bor. Bu eng avvalo, uning milliy urf-odatlari, madaniyati va san’atidir. Mazkur qadriyatlar xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o‘zaro do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ko‘pmillatli xalqlar istiqomat qilayotgan O‘zbekiston xalqlarining birdamlikda madaniyat va ma’rifatni yuksaltirishdagi hissasini namoyish qilish, har bir xalqning bebaho madaniy boyligi, etnik o‘ziga xosligi va boy merosini ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir keng ommaga qaratilgan.

27.10.2014 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli musiqachi Adiba Sharipovaning «Prelomleniye» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2014 yil 27 oktyabr kuni kichik majlisdar zalida «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli pianinochi, ko‘pgina ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlar muallifi Adiba Sharipova bilan ijodiy uchrashuv va «Prelomleniye» («Sinish») kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Adiba Sharipova - musiqachi, yangilikka intiluvchi pedagog, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi professori. Uning konsert dasturlari va ijodiy loihalari san'atning turli sohalarida ijod qiluvchi, u kabi izlash va tadqiqot qilish ishtiyoqida bo‘lgan hamfikrlar shoirlar, haykaltaroshlar, dizaynerlar rassom va rejissyorlarni birlashtiradi.

27.10.2014 “INFOLIB O`ZBEKISTON– 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB – 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya’ni 28-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, yozuvchi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, O‘zbekistondagi BMTTD koordinatori Krista Pikatt va Toshkentdagi Gyote instituti direktori Yuliya Xanskelar so‘zga chiqib, o‘zbek kitobxonlarini navbatdagi haftalik bilan tabrikladilar hamda Milliy kutubxona rahbariyati va xodimlariga ilm ziyo tarqatishda barkamollik tiladilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad – mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish ekanligini ta’kidladi.

27.10.2014 E'lon

Milliy axborot Kutubxona xaftaligi davomida Binoning B blok 1 qavatida joylashgan Kinomarkazda Milliy Hujjatli badiiy va shuningdek bolalar uchun multiplikatsion filmlar namoyishi bo`lib o`tadi.

25.10.2014 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Ijtimoiy hamkorlik: «Sharq ayoli» Xalqaro Ayollar Jamoa Jamg‘armasining tajribasi» deb nomlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 2014 yil 24 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Ijtimoiy hamkorlik: «Sharq ayoli» Xalqaro Ayollar Jamoa Jamg‘armasining tajribasi» deb nomlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2014 yil 25 sentyabrda imzolangan “Xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi Qonun”ning amaldagi ijrosi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Oldin   75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar